Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Moskva viloyatining Dmitrov shahrida Xalqaro armiya oʻyinlari doirasida oʻtkazilgan “Sodiq doʻst” musobaqasi oʻz nihoyasiga yetib, unda vakillarimiz 3-oʻrinni qoʻlga kiritgani haqida xabar berilgan.
Ammo 11-avgust kuni boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida qiziq bir holat boʻldi. Yaʼni unda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan yurtdoshlarimiz 3-oʻringa emas, shohsupaning 2-oʻriniga munosib koʻrildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Gap shundaki, yakunda Oʻzbekiston bilan Belarus jamoalari deyarli teng ball yigʻishgan edi. Shunga koʻra, birinchi oʻrinni Rossiya Federatsiyasi, ikkinchi oʻrinni Belarus va uchinchi oʻrinni Oʻzbekiston jamoasi qoʻlga kiritgani oydinlashdi. Ammo 11-avgustda boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida mamlakatimiz nomidan qatnashgan shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Sodiq Dilmurodovning “Klift” laqabli xizmat iti bilan rekord oʻrnatgani hakamlar hayʼtining qarori oʻzgarishiga sabab boʻldi.
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
– Taqdirlash marosimi boʻlayotgan payt bizni va Belarus jamoalarini ikkinchi oʻrin sohibi, deya eʼlon qilishdi, tabiiyki, biz bundan hayratga tushdik, – deydi vakillarimizga rahbarlik qilgan podpolkovnik Ulugʻbek Joʻrayev. – Keyin bildikki, oʻsha rekordchimiz bizni uchinchi oʻrindan ikkinchi oʻringa olib chiqqan ekan. Baribir yaxshi boʻldi. Uchinchi oʻrin esa oʻz-oʻzidan ballar hisobida bizdan keyinda kelayotgan Qozogʻiston jamoasiga nasib etdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...