Foto: Ekologiya qo‘mitasi
Bu yil samarqandlik asalarichilar bahorgi asal hosilini olishmadi. Sababini ular bahorning yomg‘irli kelishi bilan birga mevali daraxtlar va qishloq xo‘jaligi ekinlari zaharli kimyoviy moddalar bilan noto‘g‘ri ishlanishida, deb bilishmoqda. Xuddi shunday holat Rossiya Federatsiyasida ham kuzatilgan. Bu sayyoramiz uchun qanchalar xavfli?
Toyloq tumanidagi «Orzu-Olim-Dilmurod asallari» fermer xo‘jaligi rahbari, 45 yillik asalarichi, «Do‘stlik» ordeni sohibi Orif Ilyosov kuyinganicha bor. Ahvol shu tahlit davom etsa, ekotizimda uzilish yuzaga kelishi va bu og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
— Albatta qishloq xo‘jalik ekinlaridan hosil olish uchun istasa-istamasa zaharli kimyoviy dorilardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ammo tanganing boshqa tomoni ham bor. Bu kimyoviy dorilarning tabiat, ekologiyaga salbiy ta’siri haqida nega o‘ylab ko‘rilmaydi? Agar asalarilar yo‘qolsa, tabiatdagi zanjirda uzilish bo‘ladi. Biz ko‘pgina daraxtlar va o‘simliklarni yo‘qotamiz, ularning orqasidan ana shu o‘simliklar bilan oziqlanayotgan jonivorlardan ayrilamiz. Qishloq xo‘jaligida zararkunandalardan qutulishning muqobil variantini topish kerak. Masalan, biolaboratoriyalarni rivojlantirish lozim, — deydi u.
Darhaqiqat, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan zaharli kimyoviy moddalar muammosini jiddiy ravishda ko‘rib chiqish vaqti allaqachon kelgan. Aks-holda, kech bo‘lib, barmoq tishlab qolish hech gap emas.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi