Foto: Google Images
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida nikoh yoshi ayollar uchun 18 yosh etib belgilash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, 16 avgust kuni o‘tkazilgan fraksiya majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi doirasida ushbu masala ko‘rib chiqilib, ma’qullangan. Endi loyiha navbatdagi yalpi majlisda ko‘rib chiqiladi.
«Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyaning 1-moddasiga ko‘ra 18 yoshga to‘lmagan har qanday inson bola hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga 1992 yil 9 dekabrda qo‘shilgan. Biroq O‘zbekiston milliy qonunchiligida 18 yoshga yetmagan shaxsni nikoh tuzishga (turmushga chiqishiga) ruxsat berilishi haqidagi normaning mavjudligi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari va prinsiplariga muvofiq emas edi.
«Yuqoridagilarga asosan, Oila kodeksining 15-moddasi birinchi qismi bilan nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanmoqda. Amalda esa 17 yosh», — deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, FHDYo organlari tomonidan 17 yoshda nikohi qayd etilgan xotin-qizlar soni 2016 yilda 4233 tani, 2017 yilda 4853 tani va 2018 yilda 5123 tani tashkil etgan.
Ta’kidlanishicha, qonunning qabul qilinishi xotin-qizlarni erta nikohini va erta tug‘rug‘ini oldini olishga xizmat qiladi. Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida xorijiy mamlakatlarda nikoh yoshini belgilanganligi holati ham o‘rganilgan. Jumladan, Rossiya, Armaniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Ukraina, Moldova, Fransiya, Germaniya va Filippin Respublikasida nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti