
O‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruhi 17 avgust kuni Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga qaytib keldi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, ziyoratchilar bir oyga yaqin vaqt davomida Makka va Madina shaharlarida bo‘lib, haj amallarini mukammal bajargan. Shuningdek, u yerdagi muqaddas qadamjolarga ziyoratlar ham tashkil etilib, safarning samarali o‘tishi ta’minlangan.
Joriy yilgi haj mavsumida o‘zbekistonliklarga «al-Hidoya» shirkati tomonidan Madinai munavvarada 5 yulduzli «Zam-zam Pulman» hamda Makkai mukarramada «Abroj al-Hidoya» mehmonxonalarida yuqori saviyada xizmat ko‘rsatilgan.
Bu yilgi mavsumida O‘zbekistondan jami 7000 nafardan ortiq mo‘min-musulmon yurtdoshimiz haj ibodatini ado etgan. Ularga 35 nafar ishchi guruhi, 35 nafar shifokor, 15 nafar oshpaz hamda 140 nafar guruh rahbari xizmat ko‘rsatgan.
«O‘zbekistonlik hojilar 17 avgustdan 1 sentyabr kuniga qadar Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab O‘zbekistonga qaytadi» deyiladi xabarda.
O‘zbekistonlik HojilarJidda ToshkentHaj MavsumidaZiyoratchilar SafariMuqaddas QadamjolarO‘zbekiston Respublikasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar