7-8-avgust kunlari Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning tarafdorlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari oʻrtasida toʻqnashuvlar sodir boʻlgan Arashan va Qoʻy-Tosh qishloqlari aholisi mamlakat prezidentiga murojaat bilan chiqdi.
“Hozirda bizning farzandlarimizni taʼqib qilishmoqda, ularga tahdid qilishyapti, ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatishyapti”, - deyiladi murojaatda.
Unda qayd etilishicha, Atamboyevni qishloqdoshlari “vijdon amri bilan” himoya qilishgan.
"7-avgust kuni Atamboyevning hovlisida bizning farzandlarimizga hech qanday ogohlantirishlarsiz niqobli maxsus kuchlar hujum qilgan, barchani, jumladan qariyalar va ayollarni doʻpposlay boshlashgan. Qonunda fuqarolar jumladan maxsus kuchlarning noqonuniy harakatlaridan oʻzlarini himoya qilish huquqiga egaligi aytilgan. Va biz bu huquqdan foydalandik“, - deyiladi murojaatda.
Murojaatda qayd etilishicha, ”fojiali voqealarda har ikki tomon aybdor. Maxsus kuchlar va militsiyani mutlaqo keraksiz va jinoiy operatsiyaga yoʻllaganlarning javobgarligi haqidagi masala esa kun tartibidan umuman oʻrin olmagan".
7-8-avgust kunlari Qoʻy-Tosh qishlogʻida Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni qoʻlga olish boʻyicha operatsiya qattiq qarshilikka uchradi. Atamboyev ertasi kuni taslim boʻldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin