2 641
Prezident: «Hokimlar maktab va bola tarbiyasi masalasi bilan umuman shug‘ullanayotgani yo‘q»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz nashrining ma’lum qilishicha, davlat rahbari yig‘ilish davomida hokimlarning ta’lim tizimiga e’tibor qaratmayotgani haqida ham gapirib o‘tgan.
«Qaysi viloyat, tuman va shahar hokimi o‘zining falon sonli maktabini yoki fanlar bo‘yicha biror bir o‘qituvchisini namuna qilib, g‘urur bilan maqtana oladi. Ming afsuski yo‘q. Chunki hali hokimlar maktab va bola tarbiyasi masalasi bilan, to‘g‘risini aytadigan bo‘lsak, umuman shug‘ullanayotgani yo‘q.
Bugun chet eldan qancha-qancha investitsiya olib kelyapmiz. Qancha-qancha yangi korxonalar quryapmiz. «Aqlli shaharlar», «Aqlli uylar» qurish rejasini tuzyapmiz. Atom elektr stansiyasi barpo etishni boshladik. Bularning hammasida ishlash uchun yuksak bilimli, xorijiy tillarni, zamonaviy texnologiyalarni chuqur egallagan yoshlar kerak. Agar maktablarimiz ahvoli shunday bo‘lsa, qayerdan topamiz bunday kadrlarni?» - deya aytib o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?