11:59 / 28.08.2019
3 663

O‘zbekistonlik qizga uylangan lord Samarqanddagi festivalda faxriy mehmonlar qatorida bo‘ldi

O‘zbekistonlik qizga uylangan lord Samarqanddagi festivalda faxriy mehmonlar qatorida bo‘ldi
O‘zbekistonlik Guli Muradovaga uylangan britaniyalik lord Muhammad Iltaf Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivaliga taklif etilgan faxriy mehmonlar safida bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mehmonlarni qutlab, Britaniya parlamenti lordlar palatasi a’zosi Muhammad Iltaf shayxni ham O‘zbekistonda ko‘rishdan mamnunligini bildirib, minnatdorlik bildirgan.

Britaniyalik lord, multimillioner Muhammad Iltaf o‘zidan 45 yosh kichik bo‘lgan o‘zbekistonlik Guli Murodovaga uylangach, internet olamida mashhur bo‘lib ketgandi. Kimdir bu juftlik ittifoqini «ma’lum manfaat ko‘zlangan nikoh» deya ta’riflagan bo‘lsa, yana kimdir ularga chin yurakdan baxt tilagan.

Aytish joizki, Muhammad Iltaf O‘zbekistonda bundan avval ham bir necha marotaba bo‘lgan va respublikadagi rahbarlar bilan uchrashgan. Xabarlarga ko‘ra, lord Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash ishlarida faol ishtirok etib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik qizga uylangan lord Samarqanddagi festivalda faxriy mehmonlar qatorida bo‘ldi