Ukrainada yangi bosh prokuror tayinlandi

Ukrainada yangi bosh prokuror tayinlandi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bosh prokuror lavozimiga o‘z ofisi rahbari o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapkani tayinladi.

29 avgustda Ukraina oliy radasi Zelenskiyning Ryaboshapkani bosh prokurator lavozimiga tayinlash taklifini qo‘llab-quvvatlagan.

Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, bosh prokurorni ishdan olish va tayinlash prezident ixtiyoridadir, ammo uning bu qarorini dastlab parlament ma’qullashi lozim.

Ryaboshapka 29 avgustda iste’foga ketgan Yuriy Lutsenko o‘rnini egallaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar