Joriy yil 28 avgust kuni internet tarmoqlarida oynalari qoraytirilgan «Spark» rusumli, davlat raqam belgisi o‘rniga «XALIMBOY» degan yozuv o‘rnatilgan avtomashina yo‘lning qatnov qismini to‘sib, boshqa transport vositalari harakatiga xalaqit bergan holda shov-shuv ko‘tarib, dvigatelga zo‘riqish berib yo‘nalishini keskin o‘zgartirib harakatlanishi aks etgan videolavha tarqaldi.
Surishtiruv jarayonida 2019 yil 16 avgust kuni soat 13:30 larda haydovchi G‘.G. Samarqand tumani Rustam qishlog‘i hududida to‘y marosimida «Spark» rusumli avtomashina davlat raqamini o‘zboshimchalik bilan yechib, o‘rniga karton qog‘ozdan «XALIMBOY» deb yozilgan yozuvni o‘rnatgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Shuningdek, qoidabuzarlar avtomashinalar bilan guruh-guruh bo‘lib harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yo‘lning qatnov qismini to‘sib, boshqa transport vositalari harakatiga xalaqit bergan. Avariya holati sodir etgan holda boshqa harakat ishtirokchilari e’tiborini o‘ziga qaratib, jamoat tartibini buzgan.
Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik saqlash jarima maydonchasiga qo‘yildi. G‘.G. va boshqa ishtirokchilarga tushuntirish ishlari olib borildi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining qidiruvdagi o‘g‘li Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari