09:36 / 02.09.2019
2 873

Farzandlarimizni Islom bilan tarbiyalashimiz zarur

Farzandlarimizni Islom bilan tarbiyalashimiz zarur
Maktabga otalar majlisiga chaqirishgandi. Borib bilsak, mavzu o‘g‘il bolalar qilayotgan nomaqbul ishlari haqida ekan. Shunda otalarning ham fikri so‘raldi, ya’ni bolalarni tarbiyalash uchun qanaqa yo‘l tutish kerak degan mazmunda. Bir bolaning otasi kelolmay, o‘rniga amakisi kelgan ekan, o‘sha birodarimiz shunday dedi:

“Men maktab davrimda juda to‘polonchi bo‘lganman, o‘qituvchilar ham, direktor ham mendan bezor edi. Urushqoq-to‘polonchi bo‘lganimizdan boshqa maktablarga borib ishkal qilardik. Mahalla raisi, uchastkovoylar otning qashqasiday bilardi. Militsiyada ro‘yxatda turganman, ishonmaganlar surishtirishi ham mumkin. Shunda otam meni dindor domlaga bog‘lab qo‘ydilar, o‘sha kishining qo‘lida men hayvondan insonga aylandim desam ham bo‘ladi. Allohni tanidim, axloqni va insonlarni hurmat qilishni o‘rgandim. Birovga ozor berish, qalbini og‘ritish haromligini va barcha insonga xos xayrli ishlarni faqat Islomdan o‘rgandim. Alloh meni zalolatdan asradi. Men bilan yurgan bolalarning bari qamalib ketdi. Farzandlarimizni Islom bilan tarbiyalamas ekanmiz, ulardan insof, vijdon, halollik va hakazo go‘zal axloqlarni kutishimiz befoyda”.

U kishining gaplarini eshitib, ko‘zimizga yosh keldi. Allohning qudratiga tan bermasdan iloj yo‘q.

Islomiy tarbiyaga, go‘zal axloqlarga muhtojmiz. Taklifim shuki, aqalli bir-ikkita maktablarda tajriba tariqasida bo‘lsa ham, o‘g‘il bolalarga domlalar, qiz bolalarga otinoyilar tarbiyaviy darslar o‘tsa. Darslarda faqat terrorizm, ekstremizm emas, balki din, diyonat, axloq o‘rgatilsa. Alloh xohlasa, bir yilda hosilini beradi, bolalar qanchalik o‘zgarganini hamma ko‘radi. Yana buning foydasi shuki, haq yo‘lni bilgandan keyin har qanday o‘smir turli oqimlarga ergashmaydi.
Usta Kamol

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farzandlarimizni Islom bilan tarbiyalashimiz zarur