
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashining qo‘shma majlisida «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishni tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror bir ovozdan ma’qullandi.
Ushbu qaror bilan nizom loyihasi ham tasdiqlanib, u 2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra, oilaviy tadbirlar faqat bir kun - ertalabki soat 06:00 dan kechki soat 23:00 gacha o‘tkazilishi kerak. Dafn etish marosimi bundan mustasno.
Hududlarning sharoitidan kelib chiqib, osh berish marosimi vaqti Xalq deputatlari shahar va tuman kengashlari tomonidan belgilanadi.
Soat 23:00 dan keyin oilaviy tadbirlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan o‘tkaziladigan osh berish marosimlarida 150 nafargacha odam ishtirok etishi mumkin.
Qo‘shaloq to‘y-hashamlarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi ishtirok etishi mumkin.
O‘zbekiston RespublikasiQonunchilik PalatasiSenat KengashiTo‘y-hashamlarOilaviy TantanalarDafn MarosimiOsh Berish Marosimi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar