
Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
Toshkentdagi Farg‘ona yo‘lida 16 sentyabr, dushanba kuni soat 11:21 atrofida Audi rusumli avtomobil yonib ketgan, deya xabar bermoqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati.
Yong‘in voqea joyiga yetib borgan ikkita o‘t o‘chirish bo‘linmasi tomonidan o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yong‘in oqibatida mashinaning motor qismi yonib zararlangan. O‘t o‘chiruvchilarning dastlabki taxminiga ko‘ra, yong‘inga ham aynan motor qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.
ToshkentAudiYong'inFarg'ona Yo'liDavlat Yong'in XavfsizligiAvtomobil Yonishi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar