O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining harbiy xizmatchi va xodimlarining jangovar maxsus tayyorgarligi va shayligini oshirish maqsadida muntazam tarzda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
Shu jumladan, kuni-kecha Milliy gvardiyaning Andijon viloyati Qo‘riqlash bo‘linmasi tomonidan binoda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotining maqsadi viloyat Qo‘riqlash bo‘linmasi tomonidan qo‘riqlanayotgan o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarda xizmat olib borayotgan xodimlarning jangovar va kasbiy mahoratlarini oshirish, ob’ekt hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va tezkor vaziyat keskinlashganda hamkorlikdagi vazirlik va idoralar bilan birgalikdagi harakatlarini o‘rganib chiqishdan iborat bo‘ldi.
Yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti Milliy gvardiya bo‘linmasi, viloyat va Andijon shahar IIB, FVB YoXB, Tez tibbiy yordam xizmati va viloyat hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
O‘quv mashg‘uloti yakunida mashg‘ulot davomida erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama etilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat