
Foto: Mudofaa vazirligi
Qozog‘iston “Janub” Regional qo‘mondonligi qo‘mondoni general-mayor Kaydar Karakulov boshchiligidagi delegatsiya Nukus va Urganch garnizonlaridagi harbiy qism va muassasalarda bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Tashrif davomida qozog‘istonlik harbiylarga mini-poligondagi amaliy mashg‘ulotlar, xizmat otlarini minishni o‘rgatish bo‘yicha mashqlar ko‘rsatildi. “Janub” Regional qo‘mondonligi qo‘mondoni O‘zbekistonning zotdor otlarini yuksak baholadi. Bundan tashqari, harbiy qismlarning infratuzilmasi hamda o‘quv-moddiy baza Qozog‘iston harbiy delegatsiyasida iliq taassurot qoldirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar