Otalar oila tayanchi va ustuni bo‘lish barobarida avvalo farzandlariga o‘rnak bo‘lib ularni tarbiya qiladigan hamda kelgusida bu hayotda o‘z o‘rinlarini topishga yul ochadigan kishilardir.
Bugun oilaviy ajrimlarning aksariyati oila boshliqlarining ana shu o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni munosib darajada uddalay olmaganliklaridan kelib chiqmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Oilasini saqlab qolishni uddasidan chiqmagani yetmagandek, ajrashgandan so‘nggi burchini ham bajarmayotgan sud qaroridan bo‘yin tovlab yurgan otalarning ham qilmishlariga guvoh bo‘lmoqdamiz.
Xususan, Denov tumanida aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamagan 2 nafar otalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Denov tumanlararo sudining 12.05.2017 yildagi sud buyrug‘iga asosan B.Sattorovdan uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lmaganligi uchun 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi ham tayinlangan. Bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan mavjud qarzdorlikni bartaraf etishni xayoliga ham keltirmadi va joriy yilning sentyabr oyi holatiga jami 11 million 611 ming so‘m aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi uchun 24.09.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xuddi shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining 18.06.2013 yildagi sud buyrug‘iga asosan M.Aliyevdan sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
M.Aliyev joriy yilning sentyabr oyiga qadar 24 mln. 343 ming 446 so‘m aliment qarzdorligini to‘lamaganligi uchun unga nisbatan ham 24.09.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Agarda ushbu aliment to‘lovchi otalar o‘zlariga tegishli xulosa chiqarmasa aks holda, JKning 122-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?