5 136
Saida Mirziyoyeva ko‘zi ojiz bolalar uchun maxsus kompyuter markazini ochib berdi (foto)
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan 3 oktyabr, payshanba kuni Toshkent shahridagi ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida kompyuter markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Markaz Prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida foydalanishga topshirildi.
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Marosimda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva yoshlarning ta’lim-tarbiyasi uchun sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan «5 ta tashabbus»ni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotganini ta’kidladi. Ushbu tashabbuslar orasida, xususan, kompyuter texnologiyalari va internetni boshqarish malakasini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish va yoshlar ma’naviyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Agentlik tomonidan taqdim etilgan kompyuterlar ko‘rishida muammo bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlariga maksimal darajada moslashtirilgan. Xususan, ular ekranda nutq interfeyslari yordamida maxsus o‘qish dasturi bilan jihozlangan bo‘lib, matn bloklari, yorliq nomlari va menyu bandlari ovozli eshitiladi.
Bundan tashqari, kompyuterda Agentlik tashabbusi va «Bolalik kunlarimda» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan audioertaklar, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bazasida saqlanadigan audikitoblar joylangan.
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Shu bilan birga, audiomateriallar bilan jihozlangan kompyuter markazining muvaffaqiyatli faoliyati boshqa maktab-internatlar uchun ijobiy tajriba bo‘lib xizmat qiladi va alohida parvarishga muhtoj odamlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi