Oramizdagi ba’zilarning "Yaxshi otga bir qamchi..." degan maqolning mag‘zini chaqishi qiyin bo‘lmoqda. Bo‘lmasam bilib, eshitib, ko‘rib turib ham 15 sutkaga qamaladimi. Axir aliment to‘lamaganlarga nisbatan jazo qo‘llanilayotganligi to‘g‘risida tinmay xabarlar matbuot, internetda chiqib turibdiku.
Fukarolik ishlari buyicha Oxangaron tumanlararo sudining karzdor Axmatkulov Akmaldan undiruvchi Gulsara Axmatkulova foydasiga 1/2 kism mikdorida aliment puli undirish to‘g‘risidagi ijro xujjati Byuroning Shirin shahar bo‘limiga kelib tushgan. Olib borilgan ijro harakatlari davomidagi tushuntirish ishlariga qaramay, qarzdor aliment pullarini turli vaj-karsonlarni ro‘kach qilib, to‘lamasdan yuravergan.
To‘lanmagan 7 oylik pullar esa xisoblanganda 4.983.409 so‘mni tashkil etdi. Pul miqdori kimlargadir arzimas ko‘rinar. Biroq, bola yeb-ichkisi, kiyingisi kelsa "puling bormi, ona (ota)?" degan savolni bermaydi. Bolaning amri vojib. Aliment pullarini to‘lamasdan kelganligi sababli karzdorga nisbatan Shirin shahar mamuriy sudining karoriga asosan 15 sutka mamuriy kamok jazosi tayinlandi.
Ikki haftalik majburiy "ta’til" davrida qarzdor ota aliment pullarini to‘lamasa jazo muqarrarligini tushunsa bo‘lgani. Negaki, ma’muriy javobgarlikka tortilgandan keyin ham aliment to‘lovlarini to‘lamaslikda davom etishi alal-oqibat jinoiy javobgarlikka ya’ni sudning qora kursisi tomon yetaklab borishi tayin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi