
Mirishkorda daladan ruxsatsiz makkajo‘xori tergan otaxonni ushlab, uni nevaralari oldida haqorat qilgan tuman hokimi Ravshan Komilov bu xatti-harakati uchun uzr so‘radi.
Видео: Отахонни ҳақоратлаган Миришкор тумани ҳокими узр сўрадиВидео: Отахонни ҳақоратлаган Миришкор тумани ҳокими узр сўради ???? https://kun.uz/87987824
Опубликовано Kun.uz Среда, 9 октября 2019 г.
«Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning mehnatini inobatga olgan olgan holda Ispaniya davlatidan makkajo‘xori urug‘ini olib keldik. Bir gektardan o‘n tonnadan makkasi tayyor turibdi.
Lekin tumanimizning eksport salohiyati haqida men qayg‘urmasam, kim qayg‘uradi? Hokim sifatida men buni ham o‘ylashim kerak, tadbirkorni ham o‘ylashim kerak.
To‘g‘ri, inson sifatida, jahl ustida fuqaroga nisbatan haqorat so‘zini ishlatib qo‘ydim. Hokim sifatida, rahbar sifatida bu so‘zni ishlatmasligim kerak edi. Shuning uchun xalqimizdan qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib uzrimni so‘rayman. Bu xato-kamchiligimni boshqa qaytarmayman, deb va’da beraman», – deydi hokim Ravshan Komilov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar