O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati «Ozodlik» radiosi veb-sayti va «Bugunuz» Telegram-kanaliga tayanib tarqatilayotgan «Qamoqdan qaytiboq o‘lgan fuqaroga hukm o‘qigan sudya ustidan surishtiruv boshlangani»ni inkor etdi.
Mahkama matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tarqatilgan ma’lumotlarning sudga oid qismi haqiqatdan mutlaqo yiroq.
Voqelikka ko‘ra, Farg‘ona viloyati Furqat tuman ma’muriy sudi (raisi A.Minojiddinov) tomonidan fuqaro A.Qodirov (1958 y.t.) MJtKning 183-moddasida («Mayda bezorilik») ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topib, unga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Tarqatilgan xabarlardagi sud raisi go‘yoki «mavjud qoidaga zid tarzda 60 yoshdan oshgan kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlab, o‘z vazifasini suiiste’mol qilganlikda ayblanayotgani» haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Shuningdek, unga (sud raisiga) nisbatan Farg‘ona viloyat prokuraturasi nazorat tartibida surishtiruv boshlagani oid ma’lumotlar xususida ham gap shu.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 29-moddasi 2-qismida ma’muriy qamoq jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lmagan holatlar ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, homilador, uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan, shuningdek, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin emas.
Ko‘rinadiki, oltmish yoshdan oshgan shaxslar nisbatan bunday jazo turi belgilanishiga qonun monelik qilmaydi. Sud qaroriga nisbatan huquqbuzar shikoyat, prokuratura esa protest keltirmagan, bu esa jazo qonun doirasida tayinlanganini anglatadi. Sud qarori qonuniy kuchda, ya’ni bekor qilinmagan ekan, go‘yoki «o‘z vazifasini suiiste’mol qilganlik» vaji bilan sud raisiga nisbatan surishtiruv o‘tkazilayotgani oddiy mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Bu shunchaki huquqiy savodsizlikmi yoki atayinlik alomatimi - xabar mualliflarining vijdoniga tan.
A.Qodirov jazoni o‘tab qaytganidan bir kun o‘tib, o‘z uyida vafot etgani alohida, aytish shartki, o‘ta jiddiy masala. Bunday holatga sud tartibida emas, balki tergov yo‘li bilan oydinlik kiritiladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limi jazoni o‘tash joyida olgan tan jarohatiga bog‘liq ekani aytilmoqda. Ayni paytda IIB xodimi A.Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olingan.
Tergov harakatlari Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi