Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarlari Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turibdi.
Delegatsiya bugun, 14 oktyabr kuni BAA bosh vaziri o‘rinbosari, Ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoyd Ol Nahayon bilan uchrashgan. Bu haqda agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
«Suhbat chog‘ida Shayx Sayf Ol Nahayon Amirliklar O‘zbekiston xalqi va hukumatiga nisbatan chuqur hurmatda ekani hamda barcha sohalarda mamlakatimiz bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga tayyorligini bildirdi», – deya qayd etdi Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Ma’lumot uchun, Shayx Sayf bin Zoyd Ol Nahayon – BAAning ilk prezidentining o‘g‘li. U 2004 yildan buyon ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab keladi.
AOKA rahbariyati vakillari dushanba kuni, shuningdek, BAA Vazirlar Mahkamasi ishlari bo‘yicha va kelajak vazirligi huzuridagi Mahkama Bosh kotibiyati vakillari bilan ham uchrashgan.
«Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Abdulla ben Touk axborot sohasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Xususan, mamlakatning xalqaro imijini yaxshilash bo‘yicha BAAda yo‘lga qo‘yilgan ishlar, amalga oshirilayotgan loyihalar bizda iliq taassurot qoldirdi», – deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
«O‘ylaymanki, xalqaro media maydonida o‘z nufuziga ega Amirliklar tajribasi mutaxassislarimiz uchun foydali bo‘ladi», – deb qo‘shimcha qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yil mart oyida BAAga bir necha kunlik davlat tashrifi bilan borgan, unda 10 mlrd dollardan ziyod qiymatdagi investitsiya kelishuvlari imzolangan edi. Tashrif doirasida davlat rahbari BAA ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoyd Ol Nahayon bilan ham uchrashgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi