12:08 / 15.10.2019
3 645

Byudjet hisobidan avtomashina sotib olgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Byudjet hisobidan avtomashina sotib olgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi
Bosh prokuratura matbuot xizmati Toshkent viloyatida aniqlangan talon-toroj holati yuzasidan xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “D.B.S” MChJ tomonidan Bekobod tumanidagi 29-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida shartnomada ko‘rsatilgan rekonstruksiya ishlari bajarilmagan bo‘lsada, “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi Toshkent viloyati filiali tomonidan ushbu jamiyatga 2,4 mlrd. so‘m o‘tkazib berilib, juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

“D.B.S” MChJ rahbari tomonidan o‘zlashtirilgan byudjet mablag‘lari hisobidan “Chevrolet Laccetti” rusumli avtomashina sotib olinib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan “D.B.S” MChJ rahbari X.R., “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent viloyati filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Byudjet hisobidan avtomashina sotib olgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi