Foto: «Xabar.uz»
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining tegishli hukmiga ko‘ra, sobiq MXX xodimi N.To‘raqulov va uning qudasi E.Norqobilov tomonidan jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirish orqali orttirilgan mulklar birin-ketin sotuvga quyilmoqda.
O‘tgan hafta E.Norqobilovga tegishli «Jarqo‘rg‘on-Servis-Texnika» MChJning Sho‘rchi tumanida joylashgan «Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ko‘p tarmoqli yoqilg‘i quyish shahobchasi» auksion savdoda sotilgani haqida xabar berilgandi.
Endi qudalarga tegishli yana bir mulk — «Surxon-Angor-Servis-Texnika» MChJ balansidagi Boysun tumanida joylashgan «Avtomobillarga siqilgan gaz quyish kompressor stansiyasi» onlayn auksion savdosida xaridorini kutmoqda.
Foto: «Xabar.uz»
Mazkur ob’ekt 14 milliard 420 million 239 ming so‘m boshlang‘ich narx bilan 24 sentyabr kuni savdoga chiqarilgandi. Biroq 11 okyabr kuni bo‘lib o‘tgan auksionda xaridor topilmaganligi sabab 30 oktyabr kuni takroran savdoga qo‘yildi.
Majburiy ijro byurosi ko‘ra, savdodan tushgan pul mablag‘lari davlat daromadiga yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi
Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi