15:13 / 24.10.2019
2 987

Sevgilisi va o‘zini pichoqlagan qoraqalpog‘istonlik yigitga sud hukmi o‘qildi

Sevgilisi va o‘zini pichoqlagan qoraqalpog‘istonlik yigitga sud hukmi o‘qildi
Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanida 24 yoshli yigit shu yilning mart oyida boshqaga turmushga chiqqan 21 yoshli sobiq sevgilisi va o‘zini pichoqlagani haqida xabar berilgandi. O‘zAning ma’lum qilishicha, ushbu hodisa yuzasidan sud ishi oxiriga yetib, qotillik haqida rasmiy ma’lumot berildi.

Qoraqalpog‘iston prokuraturasining «Istiqlol va qonun» gazetasida xabar berilishicha, A. Tenelbayev Toshkent shahrida qurilish ishlarida yurib, o‘zining gaplashib yurgan qizi S. Quralbayevaning boshqa yigitga turmushga chiqqanini eshitgan.

Darrov u qizga qo‘ng‘iroq qilib, voqeaga oydinlik kiritgan. U Toshkentdan Nukus shahriga S.Quralbayeva o‘qiyotgan oliygohga borgan. So‘ng har ikkisi avval berilgan va’dasini, ya’ni «agar turmush qurmasa, o‘z joniga qasd qilish»ga kelishgan.

Ertasi kuni bu ishni amalga oshirishga kelishgan juftliklar qabristonga kelgan. A. Tenelbayev bozordan o‘ziga pichoq sotib olgan. Belgilangan joyga kelgach, A. Tenelbayev S.Quralbayevaning turmush o‘rtog‘iga telefonda «sen qilgan xatoni tuzatmoqchiman, u senga ham, menga ham yo‘q. Biz bir-birimizni o‘ldirmoqchimiz», deb aytgan.

Dastlab A. Tenelbayev qizning chap ko‘krak qismiga ikki marta, bo‘yin va qorniga uch marta pichoq urgan. Uning joni uzilayotganini ko‘rib, u o‘zini ham pichoqlagan. Ammo voqea joyiga kelgan tez tibbiy yordam tufayli A. Tenelbayevning hayoti saqlab qolingan.

Ushbu holat bo‘yicha olib borilgan sud ishida A. Tenelbayevga Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sevgilisi va o‘zini pichoqlagan qoraqalpog‘istonlik yigitga sud hukmi o‘qildi