19:25 / 24.10.2019
2 906

Qashqadaryoda 19 yoshli yigit tish kavlayman deb ignani yutib yubordi

Qashqadaryoda 19 yoshli yigit tish kavlayman deb ignani yutib yubordi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Joriy yilning 17 oktyabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi filialiga G‘uzorlik 19 yoshli Ozod Normatov favqulodda tibbiy yordamga muhtoj holda keltirildi. Aniqlanishicha, yigit tikuv ignasi bilan tish kavlamoqchi bo‘lgan, ammo ehtiyotsizlik oqibatida uni yutib yuborgan, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Tibbiyot xodimlarining tezkorlik bilan o‘tkazgan tekshiruvlaridan so‘ng uni Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limiga olib borishga qaror qilindi. Ikki tibbiy muassasaning malakali mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan konsiliumda jarrohlar hamkorlikda bemorga yordam berishga kengashib olishdi.

Foto: SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
– Tekshiruvlar vaqtida igna uchinchi bo‘yin umurtqasining chap tomonida ekanligi aniqlandi, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi filiali direktori Ravshan Tulyakov. – Noyob jarrohlik amaliyotini EOP (elektron-optik preobrazovatel) uskunasi yordamida tajribali xirurglar Suvon Berdiyev va Soat Temirov amalga oshirishdi. Ushbu amaliyotning murakkabligi shundaki, salgina ehtiyotsizlik qilinsa, u og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Chunki bo‘yin qismida joylashgan katta qon tomirlari va asab tizimiga zarar yetkazmasdan ignani bo‘yin umurtqasidan chiqarib olish amaliyoti jarrohlardan yuksak malaka va mahorat talab etardi. Va jarrohlarimiz buni muvaffaqiyat bilan uddalashdi. Jarrohlik amaliyoti asoratsiz tarzda amalga oshirildi. Bemorni yana sog‘lom hayotga qaytarganimizdan mamnunmiz.

Ayni paytda bemor o‘zini juda yaxshi his etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda 19 yoshli yigit tish kavlayman deb ignani yutib yubordi