date
views 3 252

Sport yoshlarni bir maqsad yo‘lida birlashtiradi

Sport yoshlarni bir maqsad yo‘lida birlashtiradi
“Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini
shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Bu sohada
erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha
yurtdoshlarga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi.”.
Sh.M.Mirziyoyev

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha bir nechta g‘oyalarni o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbusning to‘rtinchi yo‘nalishi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida ko‘plab tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Shu qatorda Harbiy-texnik institut pedagoglari va kursantlari o‘z tashabbuslari ostida yoshlarni sportga keng jalb qilish maqsadida qamrovli ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Kuni kecha Milliy gvardiya Harbiy-texnik intituti tashabbusi bilan Olmazor tumani umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida sportning voleybol hamda stol tennisi turlari bo‘yicha Olmazor tuman birinchilik musobaqalari o‘tkazildi. Mazkur musobaqalarda 34 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari faollik ila qatnashdilar va bu bilan sport sohasida ham ta’lim olishda ortda qolmasliklarini isbotladilar. Chempionatlar yakuniga ko‘ra barcha g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, Harbiy-texnik institut tomonidan Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan 8 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari (№ 15, 29, 185, 196, 249, 261, 278, 326) va 1 ta imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internati (№102)da faoliyati yo‘lga qo‘yilgan jiu-jitsu bo‘yicha bepul sport to‘garaklari qatnashchilari o‘rtasida “Jiu-jitsu sport turi bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida tuman ochiq chempionati” bo‘lib o‘tdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sport yoshlarni bir maqsad yo‘lida birlashtiradi