Zafar Ro‘ziyevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildimi?

Zafar Ro‘ziyevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildimi?
Bugun Qashqardaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev va boshqa qator amaldorlar vazifasidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.

Mazkur xabar hali sovib ulgarmay, ijtimoiy tarmoqlarda Zafar Ro‘ziyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgani, u sobiq Bosh prokuror Otabek Murodov ishiga aloqador ekani haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Shu mazmundagi xabarlarga izoh so‘rab, Bosh prokuraturaga murojaat qildik. Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning javobi qisqa va lo‘nda bo‘ldi: "...bu borda rasmiy ma’lumot yo‘q!".
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar