date
views 2 281

O‘zbekiston telekanallari «Kartina TV» xalqaro telekanallar tarmog‘ida namoyish qilinmoqda

O‘zbekiston telekanallari «Kartina TV» xalqaro telekanallar tarmog‘ida namoyish qilinmoqda
O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn (Germaniya) shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Visbaden shahrida joylashgan «Kartina TV» xalqaro telekanallar tarmog‘i bilan hamkorlik doirasida mazkur tarmoqda “O‘zbekiston”, “O‘zbekiston 24”, “UzReport”, “Milliy” va “Zo‘r TV” telekanallari namoyishi yo‘lga qo‘yildi.

Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz madaniyati, urf-odatlari va zamonaviy rivojlanishi haqida jahon hamjamiyatini tanishtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu telekanallarni dunyoning turli o‘lkalarida tomosha qilish imkoniyatini yaratadi.

Yuqorida keltirilgan telekanallarni Yevropa va Osiyo mamlakatlari, Yaqin Sharq davlatlari, Shimoliy va Janubiy Amerika mintaqasida 14 kunlik arxivi saqlangan holda ko‘rish mumkin.

«KartinaTV» bu — xalqaro servis bo‘lib, MDHning 150 dan ortiq kanallari namoyishini taklif qiladi. Dunyoning 100 mamlakatidan 5 milliondan ziyod kishi portalga obuna bo‘lgan. Ulardan 24 foizi AQShda, 7 foizi Buyuk Britaniyada, 52 foizi Germaniyada, 8 foizi Isroilda va 9 foizi boshqa davlatlarda istiqomat qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston telekanallari «Kartina TV» xalqaro telekanallar tarmog‘ida namoyish qilinmoqda