Toshkent viloyati Zangiota tumanida mast haydovchi avtomobilda bir oilaning uch a’zosini urib yubordi. Ikki farzand kasalxonada, oila boshlig‘i esa vafot etdi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.
Avtohalokat 8 oktyabr kuni soat 00:30 da yuz bergan. Halok bo‘lgan oila boshi Obidjon Mamajonovning o‘g‘illaridan biri, Bahodirning aytishicha, voqeadan biroz oldin u yo‘l chetida qolgan. Uning otasi, akasi va ukasi yo‘l chetidan ketayotganda, avtomobil uning yonidan o‘tgan oila a’zolarining orqasidan urib yuborgan. Haydovchi mast holatda bo‘lgan.
Qayd etilishicha, oq rangli Matiz’ning 34 yoshli haydovchisi hodisadan keyin mashinadan tushib, voqea joyidan qochgan. Bahodirning otasi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga olib borilgan va u yerda olti soat davomida operatsiya qilingan.
1990 va 1996 yilda tug‘ilgan Baxtiyor va Bahrom Mamajonov jarohat olgan. 51 yoshli Obidjon Mamajonov esa 27 oktyabr kuni jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Bahodir Mamajonovning ma’lum qilishicha, Zangiota tumani IIB xodimlari va mahalla posbonlari holat bilan qiziqmagan.
«Markaziy studiya» tomonidan xabar berilishicha, Zangiota tumani IIB holat yuzasidan haydovchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan va tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi