date
views 3 088

Taksi qilish uchun belgilangan rang bekor qilinishi mumkin

Taksi qilish uchun belgilangan rang bekor qilinishi mumkin
Yuridik shaxs sifatida yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatishni istovchilarga litsenziya berish talabini soddalashtirish uchun taksi avtomobillarini bir rangda bo‘lishi to‘g‘risidagi talabni bekor qilish rejalashtirilyapti. Bu haqda matbuot anjumanida Toshkent shahar transport boshqarmasi vakili ma’lum qilgan.

Bundan asosiy maqsad noqonuniy tashish xizmatini ko‘rsatuvchi tashuvchilarni to‘liq qamrab olish. Shu maqsadda Transport vazirligi tomonidan yo‘nalishsiz taksi faoliyatiga o‘rnatilgan talablarni soddalashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi va bugungi kunda o‘rnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish jarayonida.

Ushbu qaror loyihasiga asosan, yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun yo‘nalishsiz taksi uchun belgilangan rang bekor qilinishi, ijara shartnomalarini natorial tasdiqlanishi o‘rniga davlat soliq qo‘mitasidan ro‘yxatdan o‘tishi nazarda tutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taksi qilish uchun belgilangan rang bekor qilinishi mumkin