
Byuro organlarining asosiy vazifalaridan biri sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini ta’minlash, shu jumladan, qarzdorlarning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni qidirish choralarini ko‘rish hisoblanadi.
Jumladan, Kogon tumanlararo iqtisodiy sudining 04.09.2019 yildagi qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi korxona hisobidan 59 mln. 906 ming so‘m soliq qarzini undirish haqidagi ijro hujjatiga MIB Kogon shahar bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi.
Qarzdorning bankdagi hisob raqami xatlandi va qarzdorga tegishli “Cobalt” rusumli boshqa mol-mulki qidirildi. Olib borilgan qidiruv natijasida qarzdorga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashina topildi va jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Hozirda mol-mulkni baholash va elektron savdoga chiqarish ishlari olib borilmoqda.
Byuro TashkilotlariSud HujjatlariMol-Mulk QidirishCobalt AvtomashinaIjro HujjatlariKogon Tumanlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar