Majburiy ijro byurosi organlarida davlat ijrochilari turli xil qizgʻin voqealarga guvoh ham boʻlib qolishadi.
Xususan, fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining 17.09.2019-yildagi ijro varaqasiga asosan javobgar Q. Adanovdan daʼvogar N. Arabayeva foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarini majburiy tartibda olib berish haqidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Quvasoy shahar boʻlimi davlat ijrochisi majburiy ijro kunini belgilagan.
Tabiiyki, bunday ishlar boʻyicha ota oʻz bagʻrida saqlayotgan ikki nafar farzandini osonlikcha topshirib qoʻyishni xohlamaydi, bu yoqda ona daʼvogar, bolalar esa ikki oʻrtada arosatda sarson. Odatda, bunday ijro hujjatlari boʻyicha majburiy ijro harakatlari kuchli bosimlar hamda taraflarning murosasiz qarama-qarshiliklari taʼsirida oʻtkaziladi.
Shu sabab, davlat ijrochisi ushbu majburiy ijro harakatini oʻtkazish tadbiriga ichki ishlar organi, tibbiyot xodimlaridan tashqari mahalla faollari, ilm ahlini ham taklif etadi.
Javobgar K.Adanovning xonadonida N.Karabayeva oʻz farzandlari J.Janibekov va A.Janibekovalarni 2017-yildan buyon koʻrmaganligi maʼlum boʻldi. Oʻrtaga mahalla faollari va ilm ahli aralashgach, ish gʻisht qolipdan koʻchganday juda osonlik bilan hal boʻldi-qoʻydi. Voyaga yetmagan farzandlar endi ham ota, ham ona bilan birga yashaydigan boʻlishdi.
Holbuki, ushbu ijro hujjati er-xotin va ularning qarindoshlari oʻrtasidagi katta janjallar bilan tugashi ham mumkin edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?