
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi 77-sonli maktab-internat tarbiyalanuvchilari bilan yana bir bor uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.
Uchrashuvda tarbiyalanuvchilarga «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida O‘tkir Hoshimovning Brayl yozuvida chop etilgan «Muhabbat» kitobi va qator darsliklar sovg‘a qilingan.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
«Bolalar bilan birgalikda gamburger va fri kartoshkasini yedik, koka-kola ichdik. Chin dildan suhbat qurib, qo‘shiqlar kuyladik, she’rlar o‘qidik. Ajib, iste’dodli, ishtiyoqqa to‘la bolalar!», — deb yozgan Saida Mirziyoyeva o‘z kanalida.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar