Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Olmazor tumani hakamlik sudi raisi vazifasini bajaruvchi Mavlyuda A. qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekiston Hakamlik sudlari assotsiatsiyasi Toshkent shahar filialidagi manbamiz maʼlum qildi.
Aytilishicha, Mavlyuda A. fuqaro A.X. bilan til biriktirib, “X.Goʻzal” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSH) foydasiga “K. bino” MCHJdan shirkat 13,6 mln. soʻm pul undirib berish evaziga 3 mln. soʻm talab qilgan. Talab qilgan puldan 750 ming soʻmini xizmat xonasida olayotgan paytda daliliy ashyo bilan ushlangan.
Ayni paytda Mavlyuda A.ga nisbatan JKning 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Eslatib oʻtamiz, Hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarni hal etuvchi NODAVLAT organ hisoblanadi. Mazkur huquqiy institut mamlakatimizda 2006-yilda tashkil etilgan boʻlib, “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi qonun asosida faoliyat yuritadi. Tashkil etilganiga oʻn yildan koʻp vaqt boʻlsa-da, mazkur sudlar haqida aksariyat fuqarolarda hatto tasavvur ham yoʻq. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi