11:35 / 29.11.2019
2 284

Akram Muhamatqulov: «Umid qilamizki, jurnalistlardagi ichki senzura vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketadi»

Akram Muhamatqulov: «Umid qilamizki, jurnalistlardagi ichki senzura vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketadi»
Londonda o‘tgan UzInvest forumida bevosita investitsiyalar va tadbirkorlikka oid masalalar qatorida O‘zbekistondagi so‘z erkinligi mavzusi ham muhokamalar markazida bo‘ldi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Jumladan, The Economist muxbiri O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi PR-markazi rahbari Akram Muhamatqulovdan mamlakatdagi OAV faoliyatida o‘tish mumkin bo‘lmagan chegaralar bor-yo‘qligi va jurnalistlarda o‘z-o‘zini senzura qilish saqlanib qolayotgani yuzasidan izoh berishini so‘radi.

«Afsuski, tan olishimiz kerak, bizda hamon o‘z-o‘zini senzura qilish muayyan darajada mavjud. Bundan bexabar emasmiz, albatta. O‘ylashimcha, bizda o‘tish jarayoni kechayotgani va biz bu sa’y-harakatlarimizni qaysi nuqtadan turib boshlaganimizni inobatga olgan holda, liberal demokratiyaning barcha xususiyatlari to‘la qaror topishi uchun hali ko‘p ish qilinishi kerak.

Shu boisdan ham biz doim jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlab turishimiz zarur. Shunday qilyapmiz ham. Ularga hamisha qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanimizni aytib kelamiz. Bizning bu boradagi pozitsiyamiz va aytmoqchi bo‘lganimiz shundan iboratki, ular o‘z kasbiy faoliyatlarini erkin olib borishlari kerak.

Ichki senzura vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketadi, deb umid qilamiz. Hukumatning rasmiy pozitsiyasi shunday: jurnalistlarning u yoki bu axborotni tarqatishi senzura qilinmaydi va ular bundan qo‘rqmasliklari kerak», – deya javob berdi AOKA rasmiysi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Akram Muhamatqulov: «Umid qilamizki, jurnalistlardagi ichki senzura vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketadi»