
Samarqand viloyati Payariq tumani Do‘stlik mahallasi hududidagi Alamli qishlog‘i fuqarosi Norpo‘lat To‘qboyev murojaati yuzasidan Samarqand davlat universitetining arxeologiya kafedrasi mudiri Normahammad Xolmatov rahbarligida arxeologik guruh tashkil etildi.
Guruh a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi arxeologik tadqiqodlar instituti katta ilmiy xodimi Azbiddin Xolmatov, magistrant Yo‘ldoshxon Isayev belgilangan manzilda bo‘lib, insoniyat tarixining tosh asriga oid to buyum topib olingan joyda tekshiruv ishlarini amalga oshirishdi. Bu haqda Zarnewz xabar berdi.
Natijada Alamli qishlog‘idagi O‘rta hovuz manzilida "Mezolit-neolit" yodgorligini aniqlashga erishildi. Ushbu hududda yer sathidan 3 dona tosh buyum, ya’ni tosh o‘zagi, qirg‘ich qurol, qayroqtosh bo‘lagi topildi. Shuningdek, makon joylashgan soy yon daralaridagi qoyatoshlarda o‘yib chizilgan qadimiy rasmlar ham borligi aniqlandi.
Bundan ko‘rinadiki, Payariq tumani yerlari odamzod tomonidan tosh asridan buyon o‘zlashtirilib kelingan. Kelgusida bu yodgorlik makonida qazilma ishlarini amalga oshirish, qoyatosh rasmlarini o‘rganish, qo‘shni soylarda ham arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar