12:10 / 06.12.2019
3 374

Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda totalizatorlarga ruxsat berildi (video)

Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda totalizatorlarga ruxsat berildi (video)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda «Daryo».

Farmonda yangi stadionlar qurish, futbol maktablarini tashkil etish, futbolni ommalashtirish, yagona elektron chipta sotish tizimini tatbiq etish va boshqa ko‘plab tadbirlar qatorida bukmekerlik kontoralari (totalizatorlar) haqida ham so‘z boradi.

Xususan, Kapital bozorini rivojlantirish agentligidan litsenziya olish orqali bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yuridik bo‘limi boshlig‘i Dilshod Norqobilovning aytishicha, totalizatorlarga 2021 yil 1 yanvardan ruxsat beriladi.
Президент фармонига шарҳ

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистонда футболни ривожлантиришни мутлақо янги босқичга олиб чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги фармонига шарҳ

Опубликовано Gov.uz Среда, 4 декабря 2019 г.

Esingizda bo‘lsa, shu yilning 14 noyabr kuni 2021 yildan boshlab O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish nazarda tutilgan qaror loyihasi muhokama uchun e’lon qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda totalizatorlarga ruxsat berildi (video)