
Hozirda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida tadbirkorlik sub’ektlariga qator yengilliklar va shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Bularning barchasini zamirida tom ma’noda xalqimiz turmush tarzini yaxshilash va farovonligini oshirish maqsadi yotibdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xususan, MIB Konimex tuman bo‘limi tomonidan ham tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga undiruv bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudining 23.09.2019 yildagi ijro hujjatlariga asosan qarzdor Konimex tuman tibbiyot birlashmasidan undiruvchi “CHOKKO INTER INVEST” MChJ foydasiga 27 082 822 so‘m miqdorida hamda Konimex tuman xalq ta’limi bo‘limidan
27 274 776 so‘m miqdorida pul mablag‘larini undirish belgilangan bo‘lib, ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan kunni o‘zida ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan.
Ijro harakatlarini olib borish jarayonida, qarzdor Konimex tuman tibbiyot birlashmasidan 27 082 822 so‘m hamda Konimex tuman xalq ta’limi bo‘limidan 27 274 776 so‘m, jami 54 357 598 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari to‘liq ravishda undirilib, undiruvchi “CHOKKO INTER INVEST” MChJning tegishli hisob raqamlariga o‘tkazib berildi.
Ijro ishlari “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddalariga asosan ish yuritishdan tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar