O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
«Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» mavzusidagi tadbirda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy tamoyiliga rioya etilishini ta’minlash, sud-tergov jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish, advokatning dalillar to‘plash va taqdim etish huquqini kengaytirish, ularning kafolatlarini ta’minlash, jinoiy va jinoiy-protsessual qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan, iqtisodiy jinoyatlar sohasidagi normalarni erkinlashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.
Oliy sud raisi Kozimjon Komilovning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar o‘rtasida sud sohasi bo‘yicha mutaxassis deyarli yo‘qdir.
«Sud mustaqil bo‘lishi kerakligi haqida ko‘p gapirilyapti. Biz jurnalistlarni ochiq muloqotga chaqirib kelyapmiz. Jurnalistlar o‘rtasida soha bo‘yicha mutaxassisning o‘zi yo‘q. Shanba kuni ochiq eshiklar kuni sifatida e’lon qilindi, lekin hech kim kelmadi. Hozir hamma yo‘l sudga olib kelyapti.
Suddan ochiqroq biror tashkilot bormi? Lekin, uning ham o‘z me’yori bo‘lishi kerak. Masalan, ma’lum toifadagi ishlarda hech kim ishtirok etolmaydi. O‘z navbatida, advokatlarga to‘siqlik yo‘q, qayerda buncha imkoniyat berilgan? Birga ishlashimiz kerak, bir-birimizni cho‘qish emas, balki birga harakat qilishimiz lozim. Sud mustaqilligining buzilishi bo‘yicha fakt bilan gapirish kerak», - dedi Kozimjon Komilov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi