Rossiya O‘zbekistonga Mi-35M harbiy vertolyotlarni yetkazib berishni boshladi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari kelishuvlariga asosan ikki yil davomida O‘zbekistonda umumiy hisobda 12 ta Mi-35M harbiy-transport vertolyotlarini yetkazib beriladi.
2019 yil 4-chi chorakda birinchi 4 dona vertolyot yetkazib berish rejalashtirilgan.
“Birinchi vertolyot O‘zbekiston harbiy qismlaridan biriga yetib bordi”, - deb ma’lum qildi agentlik suhbatdoshi.
Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Mi-35M vertolyotlarini yetkazib berish 2017 yilda O‘zbekiston hukumatiga berilgan davlat eksport krediti asosida amalga oshirilmoqda.
Mi-35M transport va jangovar vertolyoti zirhli texnikalarni yo‘q qilish va quruqlikdagi kuchlar bo‘linmalarini zarba berish tomondan qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy yuqori aniqlikdagi qurol-aslahalar bilan jihozlangan va turli ob-havo sharoitida jangovar vazifalarni bajarishga qodir. Mi-35M vertolyotlarida harbiy xizmatchilar va texnikani tashish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi