19:00 / 28.12.2019
2 806

MIB bolajonlarni Yangi yil bilan tabrikladi

MIB bolajonlarni Yangi yil bilan tabrikladi
Yangi yil barchaga birdek zavq ulashuvchi bayramdir. Yurtimizning har bir go‘shasida bayram shukuhi hukmron. Ayniqsa, bolajonlarning zavqu-shavqi o‘zgacha.
Bugun Xonobod shahridagi 8-son Bolalar musiqa san’at maktabida ham prokuratura va Majburiy ijro byurosi Xonobod shahar bo‘limi xodimlari bolajonlar uchun tashkil etilgan Yangi yil bayram tadbirida ishtirok etdi va bolajonlarga sovg‘alar ulashdi.

Tadbir davomida ertak qahramonlari ishtirokida sahna ko‘rinishlari, chiroyli kuy va qo‘shiqlar, raqslar namoyish etildi.
Sahnaga qorboboning kirib kelgani va bolajonlarga sovg‘alar ulashgani esa mitti qalblarga yanada xursandchilik bag‘ishladi.

Albatta, Yangi yil arafasida bunday serfayz tadbirlarning o‘tkazilishi har bir insonning ko‘nglini quvonchga to‘ldirishi, shubhasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB bolajonlarni Yangi yil bilan tabrikladi