Andijonda «povorotnik»ni yoqmasdan burilgan Matiz YTHga uchradi

Andijonda «povorotnik»ni yoqmasdan burilgan Matiz YTHga uchradi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
28 dekabr kuni soat 15:40 larda Andijon viloyati Marhamat tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va yana bir kishi shifoxonaga yotqizildi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

«Shahrixon—Asaka—Marhamat—Qizilqiya» avtomobil yo‘lining 30-kilometrida 1962 yilda tug‘ilgan A.R. Matiz rusumli avtomobilini boshqarayotib, ogohlantirish chirog‘ini yoqmasdan orqaga qayrilgan. Bu vaqt shu yo‘nalishda orqasidan harakatlanib kelayotgan Nexia Matiz’ning yon qismiga kelib urilib, to‘qnashuv sodir etgan.
Andijonda «povorotnik»ni yoqmasdan burilgan Matiz YTHga uchradi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Oqibatda Matiz ichida bo‘lgan 50 yoshli yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. 1988 yilda tug‘ilgan T.I. ismli yana bir yo‘lovchi esa shifoxonaga yotqizilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar