2 818
Shuhrat G‘aniyevga qarshi jinoyat ishi ochilmadi, unga intizomiy chora qo‘llash uchun hukumatga xat yuborildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga mansubligi aytilgan tahdidli audioyozuvni o‘rganish natijalarini taqdim qildi.
«Joriy yilning 10 dekabr kuni Internet nashrlarida Farg‘ona viloyati hokimi, senator Sh.G‘aniyevga tegishli hamda tahdid mazmunidagi tarqalgan audioyozuvdagi holatlar bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumani Avtoshohbekati yonidagi avtomobil yo‘lida to‘planib turgan taxminan 20-30 nafar fuqarolar tomonidan elektr va gaz ta’minotida uzilishlardan norozilik bildirilayotganligi aks etgan videolavha tarqalgan.
Viloyat hokimligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida Sh.G‘aniyev Quva tumanidagi holat bo‘yicha tuman hokimiga yuzlangan holda muomala madaniyatidan chetga chiqib, tahdidiy va qo‘pol so‘zlar ishlatgan. Ushbu holat noma’lum shaxs tomonidan yozib olinib, tarqatilgan.
Tergovga qadar tekshiruvda joriy yilning 2 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida Sh.G‘aniyev tahdidiy va qo‘pol so‘zlarni ishlatganligi aniqlandi.
Sh.G‘aniyevning so‘zlarida inson hayotiga va sog‘lig‘iga tajovuz qiladigan real tahdid, ya’ni ularni amalga oshirilishidan xavfsirash uchun asoslar mavjud emasligini inobatga olib, mazkur holat yuzasidan Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi.
Biroq, Sh.G‘aniyev davlat hokimiyati va boshqaruvi organi mansabdor shaxsi bo‘la turib, Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari talablarini buzganligini inobatga olib, uning intizomiy javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga xat yuborildi», deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Hodisa tarixi
14 dekabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning ovozi deb aytilayotgan audiomaterial tarqalgandi. Audioda ovoz egasi gaz ta’minotidagi muammolardan norozi bir guruh aholi vakillari noyabr oyi oxirida Quva tumanidagi avtomobil yo‘llaridan birini to‘sib qo‘ygani haqida gapiradi va ushbu tuman hokimi Ravshan Qurbonovdan bu voqealarni videoga olgan shaxsning «janozasi qachon o‘qilishi»ni so‘raydi.
«Chora ko‘rish emas bu, janozasi o‘qilsa keyin hisob endi uni», deydi ovoz egasi bu borada chora ko‘rilganini aytgan tuman hokimining javobidan qoniqmay.
Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan bu audioni soxta deb atalgan va u «pranker» (ovoz o‘xshatuvchi)lar tomonidan tayyorlangani iddao qilingandi.
«2 dekabrda aytilgan deb iddao qilinayotgan audio yozuvdagi ovozi o‘xshatilgan so‘zlar biron bir selektor yig‘ilishida Sh.G‘aniyev tomonidan aytilmagan. Sh.G‘aniyev jurnalist yoki blogerlarga nisbatan bosim yoki tazyiq o‘tkazmagan, Quva tumani hokimiga bu haqda hech qachon tanbeh bermagan», – deyilgandi hokimlik bildirishida.
18 dekabr kuni bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Shuhrat G‘aniyev bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirib, «qonunni buzgan shaxs kim bo‘lishidan qat’i nazar qonun oldida javob berishi kerak»ligini ta’kidladi.
Keyinroq Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov Bosh prokuratura Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev bo‘yicha surishtiruv boshlagani haqida ma’lumot bergan, Bosh prokuratura audioyozuvni o‘rganayotganini tasdiqlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?