Ovqatlanish bo‘yicha mutaxassislar banan po‘stlog‘i xavfli ekanidan ogohlantirishdi.
Mutaxassis Sabina Xyulsmannning ta’kidlashicha, banan asosan Janubiy Amerika hamda Afrikada yetishtiriladi va u zararkunandalardan himoyalash uchun pestitsidlar bilan ishlanadi. O‘simliklarni himoyalovchi bu vositalar nafaqat atrof-muhit va banan hosilini teruvchi odamlarga, balki iste’molchilar uchun ham xavfli bo‘lishi mumkin.
“Tadqiqotlar davomida banan po‘stlog‘ida bir necha bor bu pestitsidlar borligi aniqlangan”, deb tushuntirgan mutaxassis o‘z hisobotida.
Uning ma’lum qilishicha, bananlar terib olingandan keyin mog‘orga qarshi vositalar - fungitsidlar bilan ham ishlanadi. Bu mevalarning tashilishi vaqtida ularning aynishi oldini olish uchun zarur. “Bananni po‘stlog‘idan tozalagandan keyin qo‘lni yuvgan ma’qul. Bolalarga faqatgina po‘stlog‘idan tozalangan bananni berish kerak”, deb tavsiya qilgan Xyulsmann.
Mutaxassisning aytishicha, banan po‘stlog‘idan tozalangach, boshqa xavf solmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”