SSV bolaning ahvoli haqida ma’lumot berdi (video)

SSV bolaning ahvoli haqida ma’lumot berdi (video)
Foto: Videolavhadan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda 14 yanvar kuni Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida 5-qavatda yosh bola osilib qolgani va pastga tushib ketgani aks etgan video tarqalgan edi.
Sog‘liqni saqlash vaziri matbuot kotibi ushbu hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

«14 yanvar soat 16:18 da Olmazor tumani Beruniy dahasi 3-blok 135-xonadondan chaqiruv bo‘lgan. Tez tibbiy yordam mashinasi o‘z vaqtida yetib borgan. Unda 3 yoshu 11 oylik A.X. uyda yolg‘iz qolganligi sababli o‘ynab, derazadan chiqib ketgan, lekin uni aholi ko‘rib, pastda adyol tutib ushlab qolgan.

Tez tibbiy yordam guruhi 7 daqiqa ichida yetib borgan, birinchi yordam voqea joyida ko‘rsatilgan, zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan; ayni paytda malakali shifokorlar tomonidan unga sifatli davo choralari qo‘llanilyapti. Og‘ir jarohat olmagan. Bosh miya chayqalishi deb birlamchi tashxis qo‘yilgan. Ahvoli hozir barqaror», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar