17:30 / 22.01.2020
3 777

Qidiruvdagi "Malibu" Qiziltepadan topildi

Qidiruvdagi "Malibu" Qiziltepadan topildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdorlar “BEKO BEZ NAVOIY” MCHJ hamda S.Sanoyea va N.Boymurzayevalardan undiruvchi ATB “Qishloqqurilishbank” Navoiy mintaqaviy filiali foydasiga 235.627.266 so‘m kredit qarzni undirish, undiruv garovga qo‘yilgan qarzdorga tegishli bo‘lgan 150.000.000 so‘m baholangan 2015 yilda ishlab chiqarilgan “Malibu” rusumli avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.

Bundan tashqari, ijro hujjati bo‘yicha qarzdorga tegishli bo‘lgan “Malibu” rusumli avtotransport vositasini xatlash va savdoga chiqarish maksadida qarzdorning ijro hujjati bo‘yicha belgilangan manziliga borilgandan qarzdor tomonidan avtotransport vositasi yashirilganligi aniqlangan va davlat ijrochisining 05.11.2019 yildagi qarori bilan garovga olingan avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, qaror ijro etishlik uchun Navoiy viloyat IIB YXXB hamda tuman bo‘limiga qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha bildirgi berilgan.

Bo‘lim qidiruv bo‘yicha katta inspektori R.Xudoyberdiyevning olib borilgan qidiruv harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Malibu” avtomashinasi Qiziltepa tuman, “Rabot” MFYda yashovchi fuqaroning uyda yashirib qo‘yilganligi aniqlanib, shu kunning o‘zida avtomashina maydonchasiga keltirilishi ta’minlandi va hozirgi kunda avtotransport vositasini “Ye-IJRO AUKSION” yagona elektron savdosiga chiqarish ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi "Malibu" Qiziltepadan topildi