22:12 / 29.01.2020
3 347

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva xayrlashuv postlarini yozishdi

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva xayrlashuv postlarini yozishdi
Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimini tark etgan Komil Allamjonov va uning sobiq o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva xayrlashuv postlarini yozishdi.

«Hayotimning eng yorqin, qiziqarli va serqirra kunlari aynan AOKAda o‘tdi. Davlat xizmati katta maktab bo‘ldi. Endi biz tanlagan jamoatchilik yo‘li ham bundan-da voqealarga boy, shu bilan birga, sermazmun bo‘ladi deb niyat qilaman. Nima bo‘lsa ham, xalq va yurt manfaati bosh maqsad bo‘lib qoladi», deyiladi Allamjonovning telegam kanalidagi postida.

Saida Mirziyoyeva bundan keyin ham davlat va yurt farovonligi yo‘lida qo‘lidan kelganicha xizmat qilishga tayyorligini bildirgan.

«Agentlikdagi faoliyatim mening hayotimdagi eng baxtli davrlardan biri bo‘ldi. Oldimizga qo‘yilgan har bir masala va vazifaga astoydil harakat qilgan holda yondashdik. Kelajakda ham qaysi yo‘nalishda ishlashimdan qati nazar, faqat davlat va yurt farovonligi yo‘lida qo‘limdan kelganicha xizmat qilishga tayyorman», deya yozadi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva xayrlashuv postlarini yozishdi