date
views 2 007

MIB tomonidan fuqaroga kompensatsiya undirib berildi

MIB tomonidan fuqaroga kompensatsiya undirib berildi
Navoiy shahar hududida yashovchi G.Ganiyevaning yashash xonadoni majburiy tartibda buzilib, unga kompensatsiya berilishi paysalga solinib kelinayotgan edi. MIB xodimlari uning joniga oro kirishdi.

Xususan, FIB Karmana tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan hokimiyat idoralaridan fuqaro Ganiyeva Gulnora Achilovna foydasiga 186 mln. 62 ming so‘m kompensatsiya va 1 000 000 so‘m yetkazilgan ma’naviy zarar undirilishi belgilangan edi.

MIB Navoiy shahar bo‘limi davlat ijrochisi M.Muxtorov tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida 186 mln. 62 ming so‘m kompensatsiya hamda 1 mln. so‘m ma’naviy zarar pullari undirilishi to‘liq ta’minlanib, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.
G.Ganiyeva MIB xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB tomonidan fuqaroga kompensatsiya undirib berildi
-->