21:02 / 02.02.2020
2 985

Maykl Pompeo Toshkentga keldi

Maykl Pompeo Toshkentga keldi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Maykl Pompeo 2 fevral kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

O‘zA nashri xabar berishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ikki kun davom etadigan tashrif davomida AQSH Davlat kotibi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Maykl Pompeo va Abdulaziz Komilov 2018 yil may oyida Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston - AQSH sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar bajarilishining borishini muhokama qiladi, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Maykl Pompeo ertaga, 3 fevral kuni Toshkentda «Markaziy Osiyo – AQSH» («C5+1») shaklidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi. U prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maykl Pompeo Toshkentga keldi