
Gap Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasi birinchi qismi xususida bormoqda. 22 yanvardagi qonun bilan unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, ular 24 apreldan kuchga kiradi.
Hozirgi vaqtda moddada yo‘llarga, yo‘l inshootlariga va yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazganlik, ularni saqlash qoidalarini buzganlik uchun sanksiyalar nazarda tutilgan.
Norma’ning yozishicha, o‘zgartirishlar kuchga kirgandan keyin, u bo‘yicha quyidagilarga ham jarima solish boshlanadi:
- avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qaziganlik uchun;
- yo‘llarda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar barpo etganlik uchun;
- avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaganlik uchun;
- yo‘llarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun.
Shuningdek, jarimalar ham qayta ko‘rib chiqildi. Huquqbuzar fuqarolar BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslar esa – BHMning 10 baravari miqdorida jarima to‘lashlariga to‘g‘ri keladi (hozirgi kunda sanksiyalar unifikatsiyalashgan– jarima 10 BHM miqdorida).
Yuqorida keltirilgan huquqbuzarliklardan hech bo‘lmaganda bittasi aniqlangan taqdirda Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari bayonnoma tuzadilar. MJTKning 282-moddasi tartibida u ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudga yuboriladi. Tuzatishlar 24.04.2020 yildan kuchga kiradi.
Yo‘l Xo‘jaligiMa’muriy JavobgarlikO‘zgartirishlar KiritildiJarima SolishTransport VazirligiBHM Miqdori O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar