2 824
Bojxonachilar 102 mln. so‘mlik dorilarni noqonuniy sotishga uringan shaxslarni qo‘lga olishdi
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Chilonzor tumanida fuqaro M.N. boshqaruvidagi “Jentra” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, avtomashinada sifati kafolatlanmagan 300 dona “Tropikamid 10ml/mg” dori vositalari borligi aniqlandi. Tezkor tadbir tadbir davom ettirilib, Yakkasaroy tumanida to‘xtab turgan, fuqaro S.A. boshqaruvidagi “Jentra” rusumli avtomashina ham tegishli tartibda ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida avtomashinada 10 509 xil dori vositalari yashirilganligi aniqlandi.
Shuningdek, yuqoridagi sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosida faol ishtirok etgan fuqaro M.N. 10,5 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Ushbu shaxs qo‘lga olinganidan so‘ng o‘z ixtiyori bilan 300 dona “Tropikamid 10ml/mg” dori vositalarini tadbir ishtirokchilariga topshirdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 102 million so‘mlik 600 dona “Tropikamid 10ml/mg” va 10 509 dona 40 nomdagi dori vositalari ashyoviy dallilar bilan qo‘lga olindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti